"Anadolu" agentligi Suriya poytaxti Damashq yaqinidagi Husayniyada ommaviy qabr deb taxmin qilinayotgan hududni tasvirga oldi. Qabr aeroport yaqinidagi hududda aniqlangan boʻlib, taxminan 100 dan ortiq chuqurlarda jasadlar bir-birining ustiga koʻmilgan.

Qabriston qorovuli Ayman Xalil agentlikka bergan intervʻyusida xavfsizlik xodimlari tomonidan jasadlarni ommaviy ravishda olib kelib, erga koʻmganlik holatlari haqida maʻʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, har safar 150 ga yaqin jasad keltirilgan va ular asosan tun vaqtida koʻmilgan.

Suriyalik Mazhar Arakuzi esa 2014 yilda uch ukasi bilan asirga olinib, qiynoqlarga duchor boʻlganini, akasi qiynoqlar tufayli vafot etganini aytdi. U ommaviy qabrda akasi jasadini topish umidida DNK tekshiruvidan oʻtishga qaror qilgan.

Damashqning Husayniya tumanidagi Asad qamoqxonalarida 75 000 ga yaqin mahbus oʻldirilgan.

Bu xabar Bashar Asad rejimi davrida sodir boʻlgan inson huquqlari buzilishlari va qiynoqlar haqidagi gumonlarni tasdiqlamoqda.

Mavzuga aloqador