Germaniya Prezidenti Frank-Valьter Shtaynmayer kecha boʻlib oʻtgan yangi Bundestagning birinchi majlisida kantsler Olaf Sholьts boshchiligidagi hukumatni rasman isteъfoga chiqardi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.


Deutsche Welle telekanalining maъlumotiga koʻra, Prezident Shtaynmayer kantsler va hukumatning 14 nafar vaziriga isteъfo haqidagi rasmiy hujjatlarni topshirgan. 


Marosim Berlin markazidagi Belьvyu saroyida boʻlib oʻtdi. Prezident oʻz nutqida Sholьts va uning jamoasiga minnatdorlik bildirib, ularning faoliyatini yuqori baholagan.


Shu bilan birga, Shtaynmayer kantsler va vazirlarga yangi hukumat shakllanguncha vaqtinchalik vazifalarini bajarib turishni soʻragan. Qonunchilikka koʻra, bunday tartib Bundestag yangi hukumatni tasdiqlaganga qadar amal qiladi.


Eslatib oʻtamiz, fevralь oyi oxirida Germaniyada muddatidan avval parlament saylovlari oʻtkazilgan edi. Unda Fridrix Merts rahbarligidagi Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqi (CDU/CSU) konservativ bloki gʻalaba qozondi. Yangi hukumat tarkibi shu kunlarda shakllantirilishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador