Doktor Zakir Nayk Afgʻoniston rasmiysi bilan uchrashdi
Hindistonlik mashhur islom ulamosi doktor Zakir Nayk yaqinda Afgʻoniston Islom Amirligi razvedka boshligʻi Mulla Abdul Haq Vosiq bilan uchrashdi. Bu haqda "Hurriyat" nashri xabar berdi.
Doktor Nayk uchrashuvni tasdiqlab, oʻzining Facebook sahifasida Abdul Haq Vosiq bilan tushgan suratini joylashtirdi. U xabarida suhbat foydali va mazmunli boʻlganini taъkidlagan, biroq muhokama qilingan mavzular tafsilotlarini oshkor qilmagan.
Doktor Zakir Naykning Afgʻoniston rasmiylari bilan uchrashuvi islomiy ilm-fan va taъlim sohasida hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishi mumkin.
Bu esa mintaqada diniy taъlim sifatini oshirish va musulmon yoshlarini toʻgʻri yoʻnaltirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.












