Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Suriyaga nisbatan sanktsiyalarni yumshatish uchun yoʻl xaritasini tasdiqladi. Bu haqda Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Kayya Kallas maʻʻlum qildi.

Kallas oʻz bayonotida Suriyadagi Asad rejimiga qarshi joriy qilingan sanktsiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejalashtirilganini taʻʻkidladi. Sanktsiyalarni yumshatish birinchi navbatda mamlakatning tiklanishiga yordam beruvchi tarmoqlar, xususan, energetika va transport sohalariga tegishli boʻladi.

"Evropa Ittifoqi tezkor va aniq choralarni koʻrishga sodiq. Biroq, agar Suriya tomonidan notoʻgʻri qadamlar qoʻyilsa, bu qaror qayta koʻrib chiqilishi mumkin", dedi Kallas.

Sanktsiyalarning yumshatilishi mamlakatdagi iqtisodiy tiklanishni ragʻbatlantirishga qaratilgan boʻlib, Evropa Ittifoqi tomonidan fuqarolik urushi sababli joriy qilingan cheklovlarni qayta koʻrib chiqishga yoʻnaltirilgan.

Mavzuga aloqador