Afgʻonistonda pasport ololmaydigan shaxslar roʻyxati kengaytirildi. 

“Khaama Press” nashriga koʻra, qoʻshni davlat pasport boshqarmasi yangi qoidalarni joriy qilgan. Unga koʻra, mahkumlarga, vasiylarsiz bolalarga, shuningdek, toʻlanmagan qarzlari yoki boshqa majburiyatlari mavjud shaxslarga xorijga chiqish va pasport olish taqiqlanadi. 

Nashrning yozishicha, ilgari barcha fuqarolar pasport olish huquqiga ega boʻlgan, cheklovlar esa faqat ayrim jinoyat ishlari doirasida qoʻllanilgan.

Maъlumot uchun, Afgʻonistonda shaxsni tasdiqlovchi milliy hujjat “tazkira” deb nomlanadi va undan aholining aksariyati foydalanadi. Pasport esa chet elga chiqish uchun talab qilinadi.

Mavzuga aloqador