Eron energetika xaosiga tushib qoldi

Eronda yuzaga kelgan jiddiy energetika inqirozi mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va mintaqadagi siyosiy taʻʻsiriga tahdid solmoqda. The New York Times gazetasining yozishicha, mamlakatda gaz tanqisligining yuzaga kelishiga, asosan, koʻp yillik sanktsiyalar, eskirgan infratuzilma va isrofgarchilik sabab boʻlgan. 

Gaz tanqisligi tufayli 17 ta elektr stantsiyasi faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Natijada millionlab fuqarolar elektr taʻʻminotidagi uzilishlardan aziyat chekmoqda, isitish, transport tizimlari va internetga bogʻliq xizmatlar ishlashi susaygan. Maktablar, universitetlar va davlat idoralari qisqartirilgan ish vaqtiga oʻtdi.

Holat sanoatdagi vaziyatga ham keskin taʻʻsir qildi. Qurilish mollari ishlab chiqarish tarmoqlarida ish hajmi 30–50% ga kamaydi. Yoʻqotishlar oʻnlab milliard dollarga baholanib, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. Bundan tashqari, rial pasayishda davom etib, rekord darajaga etdi.

Biroq inqiroz faqat ichki muammolar bilan cheklanmagan. Suriya va Livandagi magʻlubiyatlar va Donald Tramp davrida AQSh tomonidan kuchayib borayotgan bosim tufayli Eronning mintaqaviy taʻʻsiri susaymoqda.

Mavzuga aloqador