Evropaliklar Amerika mahsulotlariga boykot eъlon qildi
Donald Tramp boshlagan savdo urushiga javoban Evropa va Kanadada Amerika mahsulotlariga nisbatan ommaviy boykot tez surъatlarda tarqalmoqda. Mintaqadagi minglab isteъmolchilar AQSh mahsulotlaridan voz kechib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga oʻtishdi.
Tarmoq foydalanuvchilari Amerika mahsulotlariga muqobil variantlar roʻyxatini ulashishmoqda. Shuningdek, faollar McDonald's, Levi’s va WhatsApp kabi mashhur Amerika brendlarini mahalliy analoglar bilan almashtirishni taklif qilishgan.
Natijada, Evropa bozorida Ilon Maskga tegishli Tesla elektromobillarining sotuvi 45% ga kamaygan. France 24 maъlumotiga koʻra, yangi frantsuz messenjeriga kuniga 200 nafar yangi foydalanuvchi qoʻshilmoqda, chunki koʻpchilik AQShning WhatsApp va X platformalaridan voz kechmoqda.
Norvegiyaning Haltbakk Bunkers kompaniyasi AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalariga yoqilgʻi etkazib berishni toʻxtatganini eъlon qilgan. Daniyaning Salling Group savdo tarmogʻi esa, oʻz doʻkonlarida Evropa mahsulotlarini ajratish uchun ularni maxsus qora yulduz bilan belgilashni boshladi.
Google qidiruv tizimida "AQShga boykot" soʻrovi Lyuksemburg, Daniya, Frantsiya, Shvetsiya va Kanadada keskin oshgani qayd etilgan. Kanadaning Ontario provintsiyasi bosh vaziri Dag Ford Ilon Maskning Starlink kompaniyasi bilan koʻp millionlik shartnomani bekor qilib, Amerika kompaniyalariga yangi shartnomalar tuzishni taqiqlagan.













