Ikki qoʻlidan ayrilgan falastinlik bolaning rasmi 2024 yilning eng yaxshi surati deb topildi. 


“World Press Photo” xabariga koʻra, ushbu rasm falastinlik fotograf Samar Abu al-Uf tomonidan suratga olingan. 


Suratda 2024 yil mart oyida Isroilning Gʻazoga hujumi oqibatida qoʻlidan ayrilgan 9 yoshli Mahmud tasvirlangan. 


Keyinchalik uning oilasi Qatarga evakuatsiya qilingan, u erda zarur davolanishni oʻtkazgan Mahmud hozirda telefondan foydalanishni, yozishni va eshikni oyogʻi bilan ochishni oʻrganmoqda. 


Uning orzusi protez qoʻllar boʻlib, ular unga oddiy bola kabi yashash imkonini beradi.

Mavzuga aloqador