Gʻazo sektori shimoliga falastinliklarning qaytishi 27 yanvarʻ kuni boshlandi. Bu jarayon Isroil va HAMAS oʻrtasidagi sulh doirasida amalga oshirilmoqda.

Isroil garovdagi shaxslarni ozod qilish evaziga falastinliklarning uylariga qaytishiga ruxsat berdi va nazorat punktlarini ochdi. Oʻz uylariga yoʻl olgan falastinliklar uchun bu kun katta quvonch olib keldi.

"Uyingga qaytish — ajoyib hissiyot", — deydi Gʻazoga qaytgan Ibrohim Abdu Hassera.

Qochqinlar lagerlarida ushbu xabar shodlik bilan qarshi olindi. 
"Hech qanday uyqu yoʻq. Narsalarimni tayyorlab, ertalab yoʻlga chiqdim", deydi besh bolaning onasi Gada quvonchini izohlab. 

HAMAS falastinliklarning qaytishini oʻz gʻalabasi deb eʻʻlon qildi va bu bilan bosqinchilarning rejalari buzilganini taʻʻkidladi.

Sulh doirasida HAMAS garovdagi 33 shaxsni ozod qilishga rozi boʻldi, Isroil esa oʻz hibsxonalaridan 2 mingga yaqin falastinlikni qoʻyib yuboradi. Ozod qilish jarayoni fevral va mart oylarida ham davom etishi kutilmoqda.

2023 yil oktyabrdagi urush vaqtida Gʻazo sektori shimolida keng koʻlamli evakuatsiya amalga oshirilgan edi. Bugungi kunda falastinliklar oʻz uylariga qaytishni boshladi, bu esa mintaqada umid va tinchlikni tiklashga xizmat qiladi.

Mavzuga aloqador