Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad al-Shara mamlakatdagi muxolifatchi qurolli guruhlarning oʻz qurolli kuchlarini tarqatishga va ularni yagona milliy armiyaga birlashtirishga kelishib olganini eʻʻlon qildi.

Ushbu bayonot «Hayʻʻat Tahrir ash-Sham» harakati va boshqa muxolifatchi etakchilar ishtirokida oʻtgan muzokaralardan soʻng berildi. Ammo Suriya shimoli-sharqini nazorat qiluvchi kurd kuchlari bu kelishuvga qoʻshilmagan.

Ahmad al-Shara yangi milliy armiya mamlakatning isloh qilingan Mudofaa vazirligi nazorati ostida boʻlishini bildirdi. Unga koʻra, bu tuzilma mamlakatdagi barcha qurolli tuzilmalarni qoʻlga olib, yagona davlat nazoratiga oʻtadi.

Kuni kecha yangi hokimiyat “hech qanday sharoitda davlat nazoratidan tashqari qurollar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligini” taʻʻkidladi. Bu esa kurd hududlariga ishora qilishi mumkinligi aytilmoqda.

13 yil davom etgan fuqarolik urushi natijasida Suriyada yarim milliondan ortiq odam halok boʻlgan. Hokimiyat isyonchi hududlarni birlashtirish va davlatning yaxlitligini saqlab qolish uchun barcha kuchlarni safarbar etishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga aloqador