Flaman universitetlari Isroil muassasalari bilan hamkorlikni toʻxtatdi

Flaman mintaqasidagi universitetlar inson huquqlarining jiddiy buzilishiga aloqador Isroil muassasalari bilan hamkorlikni toʻxtatishga qaror qildi.

Flaman universitetlararo kengashi bayonot eʻʻlon qilib, bu qaror 6 mingdan ortiq professor, xodim va talabaning Isroil bilan akademik hamkorlikni tugatish haqidagi chaqiriqlari asosida qabul qilinganini maʻʻlum qildi.

Bayonotda Flaman universitetlari xalqaro gumanitar huquqning buzilishi va urush jinoyatlarini keskin qoralashi taʻʻkidlangan. Shuningdek, universitetlar xalqaro hamkorlikni baholashda inson huquqlariga hurmatni asosiy mezon sifatida qabul qilishini maʻʻlum qildi.

"Biz inson huquqlarini buzgan Isroil muassasalari bilan ishlamaymiz"

Kengash har bir Flaman universiteti inson huquqlari tamoyillariga muvofiq ravishda hamkorlik qarorlarini qabul qilishini eslatib oʻtdi. Shuningdek, inson huquqlari buzilishi xavfini tugʻdiradigan loyihalarda ishtirok etilmasligi taʻʻkidlandi.

Chaqiruvlar ortidan Flaman universitetlari Isroil muassasalari bilan mavjud hamkorlikni qayta koʻrib chiqdi va xavfli loyihalarni tugatishga qaror qildi. Shuningdek, inson huquqlarining jiddiy buzilishiga aloqador Isroil institutlari bilan yangi hamkorliklar oʻrnatilmasligi maʻʻlum qilindi.

Mavzuga aloqador