Frantsiyada bir yilda 16 mingta islomofobik jinoyat sodir etilgan
Soʻnggi yillarda Evropa davlatlarida nafrat, irqchilikka oid jinoyatlar soni keskin koʻpaymoqda. Statistik maъlumotlarga koʻra, Frantsiyada islomofobik jinoyatlar soni 2024 yilda 16 mingga etgan. Bu esa mamlakatdagi musulmonlarga qarshi zulmlar 2023 yilga nisbatan 11 foiz oshganini koʻrsatmoqda.
Avvalroq Frantsiyaning La-Gran-Komb qishlogʻidagi masjidda 20 yoshli musulmon yigit Abubakr Sisse vahshiyona tarzda pichoqlab oʻldirilgandi. Ikki kun davom etgan qidiruvdan keyin 2004 yilda tugʻilgan Olive A. ismli gumonlanuvchi Italiyaning Pistoya shahrida qoʻlga olindi.
Bu voqea ortidan Frantsiya musulmonlari adolat talab qilib chiqishdi.













