Gʻazo tribunali ish boshladi: ilk ochiq majlis Saraevoda oʻtadi
Gʻazodagi zoʻravonlik va inson huquqlari buzilishlarini tergov qilish maqsadida “Gʻazo tribunali” deb nomlangan mustaqil xalqaro tashabbus ishga tushirildi. Tribunal oʻzining ilk ochiq majlislarini 26–29 may kunlari Bosniya va Gertsegovina poytaxti Saraevoda oʻtkazadi.
Majlislarning asosiy yoʻnalishlari:
kolonial genotsid va bosib olish siyosati;
majburiy koʻchirish amaliyotlari;
aparteid tizimi va uning oqibatlari;
tinch namoyishlar va noroziliklarning kriminalizatsiya qilinishi.
Majlislarda xalqaro huquq faollari, inson huquqlari boʻyicha mutaxassislar, olimlar, fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
Tribunal gumanitar va maъnaviy mezonlar asosida tuzilgan boʻlib, unga BMTning sobiq maxsus maъruzachisi Richard Folk rahbarlik qilmoqda.
Barcha majlislar jonli efir orqali internetda namoyish etiladi. Yakuniy bayonot va qaror 2025 yil oktyabrь oyida Istanbulda oʻtkaziladigan yakuniy majlisda eъlon qilinadi.













