Gʻazoda ochlik: 2,4 milliondan ortiq odam hayoti xavf ostida
Falastin rasmiylari jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, zudlik bilan insonparvarlik koridorini ochishni talab qildi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Rasman eъlon qilingan bayonotda, bu chorani amalga oshirish orqali 2,4 milliondan ortiq falastinliklarning hayotini saqlab qolish mumkinligi taъkidlandi.
Bayonotda aytilishicha, Gʻazo hukumati isroil va uni qoʻllab-quvvatlovchi kuchlarni “audio va video hujjatlar bilan tasdiqlangan genotsid jinoyatlarini sodir etganlikda” aybladi.
“sionistlar tomonidan joriy etilgan va 55 kundan buyon davom etib kelayotgan toʻliq blokada va nazorat punktlarining yopilishi ocharchilikning keng koʻlamda tarqalishiga olib keldi. Bu falokat hozirda 2,4 milliondan ortiq inson hayotini xavf ostiga qoʻymoqda. Vaziyat tobora ogʻirlashyapti”, deyiladi bayonotda.
Rasmiy maъlumotlarga koʻra, 55 kunlik blokada natijasida 52 nafar falastinlik ochlik va etarli oziqlanishning yoʻqligi tufayli shahid boʻlgan, ularning 50 nafari bolalardir. Gʻazo hukumati buni “sekin oʻldirishning eng dahshatli usullaridan biri” deb atadi.
Raqamlarga koʻra, hozirda 60 mingdan ortiq bola oʻtkir etarli ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, yana 1 milliondan ortiq bola har kuni ochlikni boshdan kechirmoqda. Bu esa ularning umumiy jismoniy holatiga salbiy taъsir koʻrsatmoqda.
Gʻazoliklar xalqaro hamjamiyatni sukut saqlamaslikka va bu insonparvarlik inqirozini darhol toʻxtatishga chaqirdi.












