Gʻazoda urush boshlanganiga 150 kun boʻldi: kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 150 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
Isroil
Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 150 kun boʻldi. 24 soat davomida
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda Yaqin Sharq hududida sodir
boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
▪️ Bosqinchilar
Jabaliya, Nuseyrat lageri va Rafahga hujum qildi. Jumladan, shimoldagi Jabaliya
qochqinlar lageri va As-Saftaviy tumaniga uyushtirilgan hujum oqibatida 20 nafar
falastinlik hayotdan koʻz yumdi.
▪️ 24
soatida Isroil Gʻazo sektorida 9 marotaba ommaviy qotillik sodir etib, 90
kishining oʻlimiga sababchi boʻldi, 177 kishi jarohatlandi.
▪️ Butun
urush davomida halok boʻlgan falastinliklar soni 30 ming 410 kishiga, yaradorlar
soni esa 71 ming 700 nafarga etdi.
▪️ Isroil
aviatsiyasi Gʻazo sektori markazidagi Dayr-Balah shahrida gumanitar yuk mashinasiga zarba
berishi oqibatida insonparvarlik yordamini olayotgan 9 nafar falastinlik halok
boʻldi, oʻnlab kishilar jarohatlandi.
▪️ Gʻazo sektorida ochlik
va suvsizlikdan yana ikki nafar goʻdak halok boʻldi va ular soni 15 nafarga etdi.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda bosqinchilar Ramallah, Jenin, Hebron, Nablus, Qalqilya va Tulkarmda
falastinliklarni qoʻlga olish uchun keng koʻlamli reydlar uyushtirdi. 16 yoshli
falastinlik oʻsmir halok boʻldi, 45 dan ortiq falastinlik hibsga olindi.
▪️ Iroq
qarshilik kuchlari Hayfa portidagi kimyo zavodiga hujum qildi.
▪️ BMT:
Isroil 8 oktyabrdan beri Gʻazoda falastinliklarni ochlikdan oʻtkazmoqda. Ochlikning
oldini olishning yagona yoʻli zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishdir. Falokatni toʻxtatishning
yagona yoʻli Isroilga qarshi sanktsiyalar qoʻllashdir.
▪️ Livan
Hizbullohi Qatamun vodiysi, Yuqori Jalila va Al-Malikiya atrofidagi bosqinchilarga
artilleriya snaryadlari
bilan hujum qildi.
▪️ Amerikalik
uchuvchi Isroilning AQShdagi elchixonasi oldida oʻzini yoqib yuborishi ortidan AQSh
vitse-prezidenti Kamala Xarris shunday dedi: “Biz Gʻazo sektorida har kuni
koʻrayotgan narsa qirgʻinchi, lekin zudlik bilan sulh eʻʻlon qilinishi kerak.













