Isroil armiyasi Gʻazo sektoridagi keng koʻlamli harbiy amaliyotlari orqali nafaqat qonli qirgʻinni davom ettirmoqda, balki xalqaro hamjamiyatni chalgʻitish uchun siyosiy manipulyatsiyalarni ham kuchaytirmoqda.  

Oq uy matbuot kotibining taъkidlashicha, Isroil mazkur hujumlarni amalga oshirishdan oldin AQSh maъmuriyati bilan maslahatlashgan. Bunda koʻrinadiki, Vashington nafaqat bu tajovuzning bevosita xabardori, balki uning homiysi, aniqrogʻi, tashkiliy qismi sifatida harakat qilgani ham ayon boʻlmoqda.  

Oq uy oʻz pozitsiyasini "Isroil oʻzini himoya qilish huquqiga ega" degan bayonotlar bilan oqlashga urinayotgan boʻlsa-da, voqeilik shundan dalolat bermoqdaki, Gʻazo aholisiga qarshi uyushtirilayotgan qirgʻin Vashington tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab-quvvatlanmoqda.  

AQSh prezidenti Donald Tramp esa Gʻazoga qilingan hujumni qoʻllab-quvvatlash bilan cheklanmay, "Doʻzax eshiklari ochiladi" degan tahdidli bayonot berdi. Bu soʻzlar faqat urushni ragʻbatlantirish uchun xizmat qiladi, tinchlik jarayoni esa Vashingtonning xatti-harakatlari tufayli yoʻqqa chiqmoqda.  

AQSh, Qatar va Misr vositachiligida imzolangan otashkesim kelishuvi Isroil tomonidan buzildi, bu esa AQShning "tinchlikparvarlik" daъvolarining mutlaqo soxta ekanini yana bir bor isbotladi, deyish mumkin.  

Hozirda tinch aholi ommaviy qirgʻinning asosiy qurboniga aylanmoqda. Soʻnggi maъlumotlarga koʻra, 320 dan ortiq odam halok boʻlgan. HAMAS va boshqa falastinlik manbalar esa bu hujumlar asirlarning hayotiga ham xavf solayotganini bildirmoqda.

Mavzuga aloqador