Germaniyaning Tojikistondagi elchisi York Shugraf mahalliy erkaklarni «gender tengligi» gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va ushbu jarayonda faol ishtirok etishga chaqirdi. Uning taʻʻkidlashicha, Tojikistonda «gender tengligi» gʻoyalarini targʻib qiladigan fuqarolik jamiyatida erkaklarning ishtiroki ancha kam. 

Germaniyaning Tojikistondagi elchisi York Shugraf mahalliy erkaklarni «gender tengligi» gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va ushbu jarayonda faol ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda u «AsiaPlus» nashriga bergan intervʻyusida aytib oʻtdi.

Shugrafning taʻʻkidlashicha, Tojikistonda «gender tengligi» gʻoyalarini targʻib qiladigan fuqarolik jamiyatida erkaklarning ishtiroki kam. Uning fikricha, gender tengligini taʻʻminlashda erkaklarning ishtiroki muhim ahamiyatga ega, chunki bu barcha odamlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotda teng huquqlarga ega boʻlishini taʻʻminlashga yordam beradi.

 «Men Tojikistonda «gender tengligi» muhimligini tushunadigan yigitlarni uchratdim, lekin koʻplari bu haqda ochiq gapirishdan qochishadi. Turmush oʻrtogʻingiz, doʻstlaringiz bilan muloqot qiling va sabrli boʻling! Ular oʻzlari oʻzgarishi mumkin, lekin bu jarayon zoʻravonlik yoki bosim bilan emas, muloqot orqali boʻlishi kerak», degan u.

Germaniya elchixonasi mamlakatda gender tengligini rivojlantirish boʻyicha qator loyihalarni qoʻllab-quvvatlamoqda. Bunda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning feministik tashqi siyosati asosiy oʻrin tutadi. Shu doirada Tojikistonda Internews agentligi bilan hamkorlikda mahalliy ommaviy axborot vositalari uchun «gender-taʻʻsirli» jurnalistika sohasida loyihalar amalga oshirilgan.

Afsuski, «Gender tengligi», «jinsiy erkinlik» va boshqa jimjimador, biroq asosi puch boʻlgan gʻoyalar taʻʻsirida Evropada oila inqirozi, tugʻilishning keskin kamayib ketishi, jinoyatchilikning oʻsishi kabi holatlar kuzatilayotgan boʻlsa-da, Gʻarb davlatlari bu kabi illatlarni musulmonlar orasiga ham yoyishga urinmoqda.

Mavzuga aloqador