Guterrish: Musulmonlarga nisbatan murosasizlik xavotirli darajada oshmoqda
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish juma kuni butun dunyoda “musulmonlarga nisbatan murosasizlik xavotirli darajada ortib borayotganini” taъkidlab, onlayn platformalarni nafrat va taъqiblarning tarqalishini cheklashga chaqirdi.
Uning bu videomurojaati BMT tomonidan 15 mart sanasida tasdiqlangan Islomofobiya bilan kurash xalqaro kuni arafasida eъlon qilindi.
Guterrish oʻz murojaatida aniq bir davlat yoki hukumatni tilga olmagan holda, musulmonlarga nisbatan nafrat va kamsitishning kuchayib borayotganini taъkidladi. Uning aytishicha, bu jarayon irqiy stigmatizatsiya va inson huquqlarining buzilishidan tortib, musulmonlarning oʻz diniy eъtiqodini erkin ado etishiga toʻsqinlik qilish va ularning ibodat maskanlariga nisbatan zoʻravonlikka qadar etib bormoqda.
U qoʻshimcha qilib shunday degan: “Onlayn platformalar nafrat va taъqiblarni cheklashi lozim. Biz hammamiz murosasizlik, ksenofobiya va kamsitishga birgalikda chiqishimiz kerak.”
Soʻnggi haftalarda inson huquqlari tashkilotlari Buyuk Britaniya, AQSh, Hindiston va boshqa mamlakatlarda nafrat asosidagi jinoyatlar va islomofobik bayonotlarning rekord darajada ortgani haqida hisobotlar eъlon qilishdi. Shuningdek, ushbu davlatlarning hukumatlari har qanday kamsitishlarga qarshi kurashayotganini taъkidlangan.
Jahon inson huquqlari tashkilotlari va BMT Isroilning Gʻazo sektorida amalga oshirayotgan vayronkor harbiy operatsiyasidan beri islomofobiya, arablarga nisbatan tarafkashlik va antisemitizmning keskin ortganini qayd etmoqda.













