HAMASning qurolli qanoti – Izzaddin al-Qassam brigadalari matbuot kotibi Abu Ubayda tashkilot etakchisi Muhammad al-Dayf va bir necha rahbarlarning halok boʻlganini tasdiqladi.

Bayonotga koʻra, Qassam brigadalari Harbiy kengashi aʻʻzolari – Marvan Iso, Gʻozi Abu Tamah, Raid Sobit, Rafi Salama, Ahmad al-Gandur va Ayman Navfal ham halok boʻlgan.

Biroq Dayfning aniq qachon va qanday vafot etgani haqida rasmiy maʻʻlumot berilmadi.

Isroil armiyasi esa 2024 yil 1 avgustda Muhammad al-Dayfni oʻldirganini daʻʻvo qilgan.

Mavzuga aloqador