Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich Gʻazo sektoriga hech qanday gumanitar yordam yuborilishiga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha qatъiy bayonot bilan chiqdi. TRT’ning xabar qilishicha, u “hatto bir dona bugʻdoy urugʻi ham Gʻazoga etib bormaydi”, deya keskin fikr bildirgan. 


Oʻtgan hafta mahbuslar almashinuvi boʻyicha kelishuvning birinchi bosqichi yakunlanganidan soʻng, Isroil Gʻazoga gumanitar yordam etkazilishini mutlaqo toʻliq toʻsib qoʻydi.


Xalqaro tashkilotlar maъlumotiga koʻra, Gʻazoda taxminan 2,3 million falastinlik ochlik yoqasiga kelib qolgan. Mintaqada un va yoqilgʻi taqchilligi sababli mahalliy novvoyxonalar oy boshidan beri faoliyat koʻrsata olmayapti.


Sal avval Isroil ommaviy axborot vositalarida armiyaning yaqin haftalarda gumanitar yordam kirishiga qisman ruxsat berishni koʻrib chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi edi. Biroq, Smotrich bunday ehtimollarni ham yoʻqqa chiqardi va Gʻazoga hech qanday yuk etkazilishiga yoʻl qoʻyilmasligini yana bir bor qatъiy taъkidladi.


Eslatib oʻtamiz, TRT Global nashri Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Vashingtonga parvoz qilayotib, mudofaa vaziri Isoel Kats bilan suhbat oʻtkazganini xabar qilgan edi. Unda Netanyaxu raketa hujumlariga “keskin javob qaytarishni” va Gʻazoga massiv hujumlarni davom ettirishni buyurgani ochiqlangan. 


Oʻz navbatida, mudofaa vaziri Kats ham armiyaga “juda kuchli zarbalar” berish boʻyicha koʻrsatmalar berganini tasdiqladi.


Hujumlar natijasida Xon-Yunus shahrida al-Naffar oilasining uyi butunlay vayron boʻlgani maъlum qilindi. Mahalliy manbalarga koʻra, halok boʻlganlar va jarohatlanganlar bor.

Mavzuga aloqador