Hindiston Pokiston mahsulotlari importi va tranzitiga taqiq joriy etdi
Hindiston Tashqi savdo bosh boshqarmasi rasmiy qarori asosida Pokistondan tovarlar importi va tranzitiga nisbatan zudlik bilan kuchga kiruvchi taqiq joriy etildi. Bu haqda RIA novosti nashri xabar berdi.
Aytilishicha, ushbu choralar milliy xavfsizlik va davlat siyosati manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan boʻlib, ular keyingi rasmiy bildirishlargacha amal qiladi.
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, “Pokistonda ishlab chiqarilgan yoki u erdan eksport qilingan barcha tovarlarning toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita importi hamda tranziti, ularning ilgari erkin yoki ruxsat etilgan toifadaligidan qatъi nazar, darhol taqiqlanadi. Har qanday istisnolar faqat Hindiston hukumati tomonidan oldindan berilgan ruxsat asosida amalga oshirilishi mumkin”.
Ushbu choralar shu yilning 22 aprel kuni Jammu va Kashmir hududida yuz bergan qurolli hujumdan soʻng eъlon qilindi. Amalga oshirilgan terrorchilik harakati oqibatida 26 nafar Hindiston fuqarosi va bir nafar Nepal fuqarosi halok boʻlgan.












