Yamanlik “Ansorulloh” harakati (husiylar) shanba kuni AQSh va Britaniya tomonidan Sano viloyatining turar-joy hududiga qaratilgan hujumga javob qaytarishga qasam ichdi. Shuningdek, husiylarning Siyosiy byurosi ushbu zarbalarni “makkor va buzuq tajovuz harakati hamda toʻliq harbiy jinoyat” deb baholadi.


“Tinimsiz fuqarolarni nishonga olish – bu AQShning unga qarshi chiqqan xalqlar va millatlarga nisbatan terrorizmining qoʻshimcha dalilidir”, deyiladi husiylar bayonotida. “AQSh va Britaniyaning tajovuzi Yamanning Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlagani uchun amalga oshirildi, ammo bu harakatlar Yaman xalqini toʻxtata olmaydi.”


“Bu tajovuz javobsiz qolmasligini va bizning qurolli kuchlarimiz etarli darajada javob berishga toʻliq tayyor ekanini”, deya maъlum qilgan husiylar vakili. AQSh prezidenti Donald Tramp esa, sal avval husiylarga qarshi keng koʻlamli havo hujumlari boshlangani haqida eъlon qildi.


“Sizning vaqtingiz tugadi va hujumlaringiz bugundan boshlab toʻxtashi kerak. Agar bu sodir boʻlmasa, siz ilgari hech qachon koʻrmagan doʻzax sizning ustingizga qulab tushadi”, deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.

Mavzuga aloqador