Indoneziyada korruptsionerlar uchun alohida qamoqxona quriladi
Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto korruptsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida alohida orolda maxsus qamoqxona qurish rejasini eъlon qildi. Uning taъkidlashicha, ushbu qamoqxona faqat korruptsiyaga aloqador shaxslar uchun moʻljallangan boʻladi.
“Men korruptsiyaga qarshi keskin choralar koʻraman. Bu millat va davlat uchun oʻlishga ham tayyorman. Mafiyadan qoʻrqmayman, chunki politsiya boshligʻi, harbiy qoʻmondon va oʻqituvchilar mening tomonimda”, — dedi prezident.
Subiantoning soʻzlariga koʻra, davlat mablagʻlarini talon-toroj qilishdan eng koʻp jabr koʻrayotgan qatlamlar – oʻqituvchilar, shifokorlar, tibbiyot xodimlari va fermerlar. Shu sabab, u byudjet mablagʻlarini faqat xalq farovonligini oshirishga yoʻnaltirishni oʻz maъmuriyatining asosiy vazifasi deb hisoblashini bildirgan.
Byudjet qisqarishi borasidagi eъtirozlarga javoban, prezident hukumati xalq turmush darajasini yaxshilashga qatъiy sodiq ekanini taъkidladi.













