Engadget nashri, Meta kompaniyasi Instagram ijtimoiy tarmogʻida 16 yoshdan kichik foydalanuvchilar uchun yangi cheklovlar joriy etayotganini maъlum qildi. 


Kompaniya kiritgan yangi tartibga koʻra, oʻsmirlar ota-ona ruxsatisiz endi jonli efir funktsiyasidan foydalana olmaydi. Ular uchun shaxsiy xabarlardagi avtomatik xiralashtirish imkoniyatini oʻchirish ham taqiqlanadi. 


Manbaga koʻra, Facebook va Messenger platformalariga ham tatbiq etiladigan umumiy cheklov avval AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyada sinovdan oʻtkaziladi. 


Eslatib oʻtamiz, Meta 2024 yil sentyabrda oʻsmirlar xavfsizligini taъminlashga qaratilgan “Teen Accounts” tashabbusini joriy etgan edi. Meta rahbari Mark Tsukerberg bu uchun kompaniya platformalariga katta sarmoya kiritishini maъlum qilgan.

Mavzuga aloqador