Interpol bolalar savdosi bilan shugʻullanib kelgan guruh aʻʻzosini hibsga oldi
Interpol bolalar savdosi bilan shugʻullanib kelgan guruh aʻʻzosini hibsga oldi
Interpol xalqaro miqyosda inson savdosiga qarshi olib borilgan maxsus operatsiya davomida 35 yoshli Isroil fuqarosi Yoel Alterni qoʻlga oldi. U dunyodagi eng yirik bolalar savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlardan biri – "Lev Tahor" guruhi aʻʻzosi sifatida ayblanmoqda.
Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, ushbu jinoiy tashkilot yillar davomida bolalarni oʻgʻirlab, ularni zoʻravonlik va ekspluatatsiyaga duchor qilib kelgan. Rasmiy manbalarga koʻra, ushbu amaliyot natijasida 160 dan ortiq bolalar qutqarilgan.
"Lev Tahor" – radikal diniy sekta sifatida tanilgan va uzoq yillar davomida turli davlatlarning huquq-tartibot organlari tomonidan kuzatuv ostida boʻlgan. Ushbu guruh aʻʻzolari bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy zoʻravonlik qilayotgani, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda boshqa mamlakatlarga olib oʻtib, turli maqsadlarda sotgani haqidagi gumonlar tasdiqlandi.
Shu kunga qadar xalqaro media va siyosiy arenada mazkur voqea haqida sukut qilinmoqda. Bu xalqaro taftish jarayoni hali yakunlanmagani hamda jinoiy tashkilot aʻʻzolarining siyosiy yoki iqtisodiy nufuzga ega ekani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.













