Dunyo boʻylab 50 nafar nufuzli Islom ulamolari musulmon mamlakatlariga Isroil va AQShga neft etkazib berishni darhol toʻxtatish boʻyicha fatvo eъlon qildi. Ular hukumatlarni ogʻzaki norozilik bilan cheklanmay, aniq choralar koʻrishga undamoqda.


Olimlarning bayonotida neft va gaz eksportini toʻxtatish bilan bir qatorda, Islom davlatlarining Gʻarb banklari va kompaniyalaridagi sarmoyalarini ham qaytarib olishi lozimligi taъkidlangan. Bu chaqiriq Islom ummatining shaъnini himoya qilish va zulmga chek qoʻyish yoʻlida soʻnggi ogohlantirish sifatida eъlon qilinmoqda.


Bayonotda quyidagicha murojaat qilingan: “Ummatning qoʻlida neft qudrati bor ekan, sukut saqlashi mumkin emas. Isroil va uning tarafdorlariga resurs etkazib berishni zudlik bilan toʻxtatish lozim!”

Mavzuga aloqador