Ispaniya isroil* bilan qurol-yarogʻ bitimini bekor qildi
Ispaniya hukumati isroil* okkupatsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan Guardian Homeland Security S.A. kompaniyasi bilan qiymati 6 million evrodan oshgan oʻq-dorilar etkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomani rasman bekor qildi, deb yozadi Kommersant.
Mazkur bitim Ispaniya fuqarolik gvardiyasi uchun 15 milliondan ortiq oʻq xarid qilishni koʻzda tutgan edi.
Manbaga koʻra, kelishuvni toʻxtatishga Sumar nomli chap qanot koalitsion partiyaning keskin tanqidi sabab boʻlgan. Partiya rasmiy bayonotida taъkidlanishicha: “Xalqaro huquqni buzayotgan va Falastin xalqiga qarshi qatliom uyushtirayotgan tuzilmalar bilan hech qanday biznes olib borilmasligi lozim.”
Hukumat oʻz qarorini “jamoatchilik manfaatlari” bilan izohladi.
Shu bilan birga, Ispaniya hukumati 2023 yildan boshlab isroil* okkupatsiyasi bilan harbiy mahsulotlar savdosini toʻxtatganini eъlon qilganiga qaramay, El Diario nashri olib borgan surishtiruvlar 2023 yil davomida bu yoʻnalishda 40 dan ortiq shartnoma tuzilgan yoki rasmiylashtirilganini aniqladi.
Bu holat, Ispaniya tashqi siyosatida yirik bosimlarni yuzaga keltirgan. Hukumat esa, xalqaro bosim va fuqarolik jamiyatining talablariga javoban mavjud shartnomalarni bekor qilishga majbur boʻlgan, deyiladi xabar matnida.












