AQSh Adliya vazirligi Vashingtondagi Isroil elchixonasining ikki xodimini oʻldirishda gumonlanayotgan chikagolik Elias Rodrigesga ayblov eъlon qildi. Ayblovlardan biri boʻyicha unga oʻlim jazosi berilishi mumkin.

Amerika matbuoti Rodrigesga birinchi darajali qotillik, chet ellik amaldorlarni oʻldirish va oʻqotar quroldan foydalanish boʻyicha ikkita ayblov qoʻyilgani haqida yozmoqda. Voqea joyida erkak politsiyaga "Falastin va Gʻazo sektorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida" jinoyat sodir etganini aytgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, u qoʻlga olinganidan keyin "Falastinga ozodlik" deb hayqirgan.

Maъlumot uchun, 21 may kuni Vashingtondagi yahudiylar muzeyi oldida elchixonaning ikki xodimi otib oʻldirilgandi. Otishma bosqinchi isroilning Gʻazoga qaratilgan yangi yirik hujumi fonida sodir boʻldi.

Mavzuga aloqador