Isroil mudofaa vaziri Israel Kats 23 dekabrʻ kuni bergan bayonotida joriy yil iyuli oxirida Eronning Tehron shahrida HAMAS guruhi siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishini Isroil hukumati tomonidan amalga oshirilganini tan oldi. Kats, shuningdek, bu voqea bilan birga, Isroilning mintaqaga qaratgan siyosatini va muhim harbiy operatsiyalarni eslab oʻtdi.

Vazirning soʻzlariga koʻra, Isroil HAMAS va «Hizbulloh»ni magʻlub etgan, Eronning mudofaa va ishlab chiqarish tizimlarini yoʻqqa chiqargan, Suriyada Asad rejimiga qarshi kurashgan va «yovuzlik oʻqi»ga kuchli zarba bergan. Kats, shuningdek, husiychilarga qarshi ham kurash olib borayotganini, ularning infratuzilmasini yoʻq qilishga uringanini aytib oʻtdi.

62 yoshli Ismoil Haniya 31 iyulʻ kuni Tehronda boʻlganida, u ishtirok etish uchun kelgan inauguratsiya marosimida portlashga uchragan. Uning qarorgohiga aviahujum yoʻllangani xabar qilingan. Haniyaning oʻlimidan keyin HAMASga Yahyo Sinvar rahbar boʻlgan, u 2023 yil oktyabrda Isroilga oʻtkazilgan hujumning tashkilotchisi sifatida koʻrilgan.

Maʻʻlumot uchun, Sinvar 2024 yil oktyabrda Gʻazo sektoridagi toʻqnashuvda halok boʻlgan va hozirda HAMAS guruhiga yangi rahbar tayinlanmagan.

Mavzuga aloqador