isroil* Gʻazoda besh yillik sulh taklifini rad etdi
isroil* tomoni Qatarda boʻlib oʻtayotgan muzokaralar doirasida HAMAS vakillari tomonidan ilgari surilgan besh yillik oʻt ochishni toʻxtatish taklifini rad etdi. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.
HAMAS tomonidan taklif etilgan rejaga koʻra, sulh muddati davomida isroil* armiyasi Gʻazo sektoridan toʻliq chiqarilishi, mintaqada mahalliy boshqaruv tizimini yaratish uchun maxsus qoʻmita tashkil etilishi lozim edi. Buning evaziga HAMAS barcha garovga olingan shaxslarni bir yoʻla ozod etishga rozi boʻlgan.
Biroq isroil* tomoni bu taklifni qabul qilmasligini qatъiy bildirgan.
“HAMAS bilan tuzilajak bunday sulh ularga qurollanish, tiklanish va Isroilga qarshi urushni davom ettirish imkonini beradi. Bunday sharoitda kelishuvga rozilik bildirishimiz mutlaqo imkonsiz”, deyiladi sionistlar bayonotida.
isroil* rasmiylari shuningdek, HAMAS harakatining toʻliq qurolsizlantirilishini asosiy shart sifatida belgilamoqda.













