Isroil energetika vaziri Eli Koen "barcha garovga olinganlar qaytib kelishi uchun oʻzimizda mavjud barcha vositalarni ishga solish" maqsadida Gʻazo sektoriga elektr energiyasi etkazib berishni zudlik bilan toʻxtatishni buyurdi.

Isroil energetika vaziri Eli Koen Gʻazo sektoriga elektr energiyasi etkazib berishni zudlik bilan toʻxtatishni buyurdi, deya xabar berdi The Times of Israel.

«Barcha garovga olinganlar qaytib kelishi uchun oʻzimizda mavjud boʻlgan hamma vositalarni ishga solamiz va HAMAS kelasi kuni Gʻazoda boʻlmasligini taъminlaymiz», — dedi vazir.

Isroil, shuningdek, HAMASning oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilish kelishuvining dastlabki bosqichini uzaytirish taklifini qabul qilishdan bosh tortgani sababli Gʻazoga tovarlar kirishini toʻxtatayotganini eъlon qilib, «qoʻshimcha oqibatlar» va urushga qaytish bilan tahdid qildi.

Oʻz navbatida, oʻtgan hafta Qatar poytaxti Doxada AQSh va HAMAS vakillari oʻrtasida Isroil ishtirokisiz bevosita muzokaralar oʻtkazildi. HAMAS etakchilaridan biri Tohir an-Nunu yakshanba kuni harakat rahbariyati va AQShning garovga olinganlar masalalari boʻyicha maxsus vakili Adam Byuler oʻrtasida bir necha uchrashuv boʻlib oʻtganini tasdiqladi.

An-Nununing taъkidlashicha, muhokamalarning asosiy mavzusi «ikki fuqarolikka ega boʻlgan mahkumlardan birini ozod qilish» masalasi boʻlgan.

Reuters xabariga koʻra, u HAMAS «Falastin xalqi manfaatlari yoʻlida katta yon bosish va ijobiy yondashuv namoyon etganini» taъkidlagan.

Mavzuga aloqador