Isroil Livan hududiga havo zarbalarini berdi
Isroil armiyasi Livan sharqidagi Beqa vodiysida Hizbullohga qarshi havo hujumlari amalga oshirgani haqida xabar berdi. AFP agentligi maʻʻlumotiga koʻra, zarbalar er osti harbiy infratuzilmasi va qurol tashish yoʻllariga qaratilgan.
Isroil harbiylari Hizbulloh qurol ishlab chiqarish va saqlash uchun foydalangan obʻʻektlar, shuningdek, Suriyadan Livanga qurol olib oʻtishda ishlatilgan chegara obʻʻektlari yoʻq qilinganini taʻʻkidlamoqda.
Bundan tashqari, Hizbulloh razvedkasiga tegishli uchuvchisiz apparat Isroil osmonida aniqlangani ham ushbu operatsiya sabablaridan biri sifatida koʻrsatilmoqda. Isroil qoʻmondonligi “armiya terrorchilik tahdidlariga yoʻl qoʻymasligi va xavfsizlik choralarini kuchaytirishini” bildirdi.
Hizbulloh Isroilning ushbu harakatini oldingi sulh kelishuvini buzish deb baholadi. 26 yanvarʻ kuni Isroil qoʻshinlari Livan hududidan chiqishi kerak edi, biroq bu muddatga rioya qilinmagan. Tel-Aviv esa Livan janubida Hizbullohning harbiy infratuzilmasi yoʻq qilinishi kerakligini va bu talab bajarilmaguncha amalga oshirilayotgan operatsiyalar toʻxtamasligini maʻʻlum qildi.
Livandagi keskinlik mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin. Ayni paytda xalqaro hamjamiyat tomonlardan sulh bitimiga rioya qilishni talab qilmoqda.













