Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Gʻazoga gumanitar yordam olib kirish 50 kundan buyon toʻliq toʻxtaganini maъlum qildi. 

Uning taъkidlashicha, isroil ochlikni falastinliklar uchun jazo va bosim vositasi sifatida qoʻllamoqda.

Fidan bu haqda Anqarada Norvegiya tashqi ishlar vaziri bilan oʻtkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.

U Gʻazoda shuncha aholi qirilayotgani dunyo hamjamiyati koʻz oʻngida sodir boʻlayotganiga eъtibor qaratgan.

Turkiya vaziri Isroil harakatlarini inson huquqlari va vijdonga qarshi jinoyatlar, deb baholadi. 

Fidan shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining Kipr bilan munosabatlari va Evropa Ittifoqining bunday jarayonlarga taъsiri haqida ham fikr bildirdi. U Anqara turk dunyosi bilan birdamlikni saqlab qolishini aytdi.

Mavzuga aloqador