isroil* Milliy jamgʻarmasi bergan rasmiy maъlumotga koʻra, kecha boshlangan kuchli yongʻin natijasida mamlakatda 2 000 gektarga yaqin ochiq erlar, yaъni taxminan 2 800 ta futbol maydoniga teng hudud yonib ketdi. Shundan 1 300 gektardan ortigʻi oʻrmonzorlar boʻlgan.


Yongʻin hozirda nazorat ostiga olingan boʻlsa-da, uning koʻlami sionistlar uchun nihoyatda jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirdi. TRT nashrining yozishicha, rasmiylar bu yongʻinni mamlakat tarixidagi eng yirik oʻrmon yongʻini sifatida eъtirof etgan.


Buning ortidan Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va uning hukumati tanqidlar ostida qoldi. Siyosiy muxoliflar hamda fuqarolar hukumatni bunday favqulodda vaziyatlarga tayyor boʻlmaganlikda ayblamoqda. 


Qolaversa, ilgari ham shunga oʻxshash yongʻinlar yuz bergan boʻlsa-da, oʻsha paytlarda rasmiylar zamonaviy yongʻinga qarshi texnikalar, jumladan, havo orqali oʻt oʻchirish vositalarini xarid qilishni vaъda qilgan edi. Biroq tanqidchilarning taъkidlashicha, bu vaъdalar hali-hanuz bajarilmagan.

Mavzuga aloqador