Soʻnggi uch yil ichida 95 mingdan ortiq rossiyalik yahudiy repatriant sifatida Isroilga hijrat qildi. Bu SSSR parchalanganidan keyingi eng yirik koʻchish toʻlqini boʻldi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu idorasining maslahatchisi Dmitriy Gendelman bu haqda RIA Novostiga maʻʻlum qildi.

Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, 2022 yil boshidan beri 145 ming kishi Isroil fuqaroligini olgan, shundan deyarli 65 foizi rossiyaliklar.

Isroil statistika agentligi maʻʻlumotlariga koʻra, har oy 2,7 ming rossiyalik Isroil fuqaroligini olmoqda. Bu 2010 yillarda bir yilda koʻchib ketgan rossiyaliklar soniga teng.

Bu koʻrsatkich 1989-1991 yillarda SSSRdan 120 ming kishi repatriatsiya qilgan holatga oʻxshash.

The Bell nashri maʻʻlumotiga koʻra, Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri (2022 yil 24 fevraldan) 650 mingga yaqin rossiyalik mamlakatni tark etgan.

Eng koʻp rossiyaliklar qabul qilgan davlatlar:

Armaniston – 110 ming

Qozogʻiston – 80 ming

Gruziya – 73,6 ming

AQSh – 48 ming

Evropa va Amerika mamlakatlarida ham koʻchib ketgan rossiyaliklar soni ortmoqda. 

Germaniya – 36 ming

Serbiya – 30 ming

Turkiya – 28,3 ming

Ispaniya – 16,4 ming

Niderlandiya – 11,6 ming

Kanada – 11,3 ming

Argentina – 11 ming

Rossiya statistika qoʻmitasi (Rosstat) maʻʻlumotlariga koʻra, soʻnggi 20 yil ichida 2 millionga yaqin rossiyalik mamlakatni tark etgan.

The Economist nashri hozirgi muhojirlik toʻlqinini 1920-yillarda bolsheviklardan qochganlar oqimiga tenglashtirmoqda.

Mavzuga aloqador