Istanbuldagi Ukraina–Rossiya muzokaralari: natija bor, tinchlik yoʻq
2025 yil 16 may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri tinchlik muzokaralari boʻlib oʻtdi. Bu uchrashuv 2022 yildan beri ikki davlat oʻrtasidagi ilk yuzma-yuz muzokaralar sifatida qayd etildi. Ammo muzokaralar ikki soatga ham etmay tugagan boʻlib sezilarli natija qayd etilmadi.
Muzokaralarda Ukraina tomoni 30 kunlik shartsiz otishmani toʻxtatish rejasini taklif qildi ammo Rossiya bu taklifni qabul qilmadi. Rossiya delegatsiyasi Vladimir Medinskiy boshchiligida Ukrainadan Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlardan butunlay chiqib ketishni talab qildi. Ukraina bu talablarni mutlaqo qabul qilinmas va real voqelikdan uzoq deb hisobladi.
Taraflar oʻrtasidagi jonli munozaralarga qaramasdan muzokaralarning yagona amaliy natijasi har bir tomon 1000 nafardan harbiy asirni almashish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu hozirgacha urush davomida amalga oshiriladigan eng yirik asirlar almashinuvi hisoblanadi. Turkiya tomoni vakillari bu natijani kelishuv uchun ishonch mustahkamlanishi yoʻlidagi ilk qadam deb baholadi.
Muzokaralar yakunlanganidan soʻng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh Frantsiya Germaniya va Polьsha etakchilari bilan telefon orqali muloqot qilib Rossiyaga nisbatan yangi sanktsiyalar joriy etish zarurligini bildirdi.
Muzokaralarda prezidentlar darajasida ishtirok kuzatilmadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvda qatnashmagani uchun AQSh prezidenti Donalьd Tramp uni tanqid qildi va Rossiya hukumati hali ham jiddiy kelishuvga tayyor emasligini taъkidladi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan har ikki delegatsiya kelgusi muzokaralarga tayyorligini bildirganini aytdi. Shuningdek Vatikan kelgusida muzokaralarga mezbonlik qilish taklifini berdi.
Istanbul muzokaralari katta diplomatik siljishlarga olib kelmagan boʻlsa-da tinchlik yoʻlidagi uzoq jarayonda muhim bir bosqich sifatida baholanmoqda.













