AQShdagi Urushni oʻrganish instituti (ISW) Belarusdagi soʻnggi siyosiy oʻzgarishlarni tahlil qilib, Rossiyaning bu mamlakatni asta-sekin bosib olayotgani haqida hisobot eʻʻlon qildi.

Tahlilchilarga koʻra, Moskva Belarusni harbiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan toʻliq nazoratga olishga intilmoqda. Bu esa NATO va mintaqadagi geosiyosiy vaziyat uchun jiddiy tahdidlar tugʻdiradi.

ISW hisobotiga koʻra, Rossiya Belarusda oʻz taʻʻsirini quyidagi yoʻllar bilan kuchaytirdi:

2020 yildagi bahsli prezidentlik saylovlaridan keyin Belarusda ommaviy namoyishlar boshlandi. Moskva Aleksandr Lukashenkogo targʻibotchilar va kuch ishlatuvchi tuzilmalarni yuborish orqali namoyishlarni bostirishda yordam berdi.

2021-2022 yillarda Rossiya Belarus hududida harbiy mashgʻulotlar oʻtkazish bahonasida oʻz qoʻshinlarini joylashtirdi. 2022 yilda Ukrainaga keng koʻlamli hujum boshlanganida 30 mingga yaqin rus askari Belarus-Ukraina chegarasini kesib oʻtib, Kievga hujum qildi.

Rossiya Belarusda doimiy ravishda havo kuchlari, qurolli brigadalar va strategik yadro qurollarini joylashtirishni rejalashtirmoqda.

ISW tahlilchilariga koʻra, Rossiya Belarusni toʻliq nazorat qilish uchun bir nechta yoʻnalishda harakat qilmoqda: 

Iqtisodiy integratsiya – Belarus va Rossiya yagona energetika va mehnat bozorini shakllantirmoqda. Gaz, elektr energiyasi va ishchi kuchi umumiy tizimda ishlaydi.

Qonunchilik va siyosiy nazorat – Kremlʻ kelajakda Belarus va Rossiya uchun yagona sud va parlament tashkil etishi, qonun chiqarish vakolatiga ega qoʻmita tuzishi mumkin.

Yadro quroli masalasi – Rossiya 2023-yilda Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirdi, bu esa xalqaro xavfsizlikka jiddiy tahdid tugʻdirishi mumkin.

Shuningdek, ISW hisobotida taʻʻkidlanishicha, Belarus endi mustaqil davlat emas, balki Rossiyaning uzaytirilgan hududiga aylangan. Bu esa kelajakda Kremlning Evropa va NATOga qarshi harakatlari uchun platsdarm boʻlishi mumkin.

Mavzuga aloqador