Italiya Suriyaga 68 million evro yordam ajratdi
Italiya hukumati Suriyada insonparvarlik loyihalari va infratuzilmani tiklash uchun 68 million evro ajratdi, deya xabar berdi Reuters nashri.
Xabarga koʻra, Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani parlament eshituvi vaqtida ushbu moddiy yordam mamlakatdagi siyosiy oʻtish davrini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilishini aytib oʻtgan.
Qolaversa, vazir Suriyada yuz berayotgan siyosiy oʻzgarishlarni “ijobiy qadam” deb baholab, EIning sanktsiyalarni bosqichma-bosqich yumshatish siyosatini davom ettirish tarafdori ekanini bildirdi.
Shuningdek, Italiya yaqin haftalarda Suriyada yangi hamkorlik loyihalarini boshlash va qayta tiklash boʻyicha biznes-forum oʻtkazishni rejalashtirmoqda, deyiladi nashr habarida.
Maъlumot oʻrnida, bundan avval Evropa Ittifoqi boshchiligidagi donorlar ham joriy oyda Suriyaga 5,8 milliard evro yordam vaъda qilgan edi.












