Janubiy Koreyada oʻrmon yongʻinlari oqibatida qariyb 20 kishi halok boʻldi
Janubiy Koreyada sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlari katta talafotlarga olib kelgan. Soʻnggi maъlumotlarga koʻra, tabiiy ofat oqibatida qariyb 20 kishi halok boʻldi, 20 mingdan ortiq odam xavfsiz hududlarga koʻchirilgan.
Yongʻinni oʻchirish uchun 242 ta vertolyot va 6 mingdan ortiq harbiy xizmatchi safarbar etilgan. Mahalliy hukumat maъlumotlariga koʻra, barcha yongʻinlarning 70 foizidan ortigʻi insonlarning ehtiyotsizligi sabab kelib chiqqan.
Mamlakat IIV maъlumotiga koʻra, yongʻin 17 ming gektardan ortiq maydonni qamrab olgan. Shuningdek, madaniy meros obъektlari sirasiga kiruvchi VII asrga tegishli Gunsa ibodatxonasi ham jiddiy zarar koʻrgani aytilmoqda.
Hozirda mamlakat boʻylab yongʻinlarni toʻliq nazorat ostiga olish uchun favqulodda choralar koʻrilmoqda, deyiladi rasmiy xabarlarda.













