Kaliforniyada AQSh tarkibidan chiqish uchun imzo toʻplash boshlandi
Kaliforniyada AQSh tarkibidan chiqish uchun imzo toʻplash boshlandi
Kaliforniyaning AQShdan ajralib chiqishi boʻyicha petitsiya davlat kotibi Shirli Veber tomonidan maʻʻqullandi. Newsweek'ning yozishicha, tashabbusni 2028 yilgi saylov byulleteniga kiritish uchun 2025 yil 22 iyuligacha 546 651 dona imzo toʻplash kerak.
«Calexit» nomli tashabbus savoli shunday: «Kaliforniya Qoʻshma Shtatlardan ajralib, erkin va mustaqil davlat boʻlishi kerakmi?»
Tashabbus qabul qilinishi uchun saylovchilarning kamida 55 foizi yoki roʻyxatga olingan 500 mingdan ortiq kishining 50% davomat bilan maʻʻqullovi zarur. Agar ushbu ovoz berish muvaffaqiyatli oʻtsa, bu «AQShga ishonchsizlik votumi» hisoblanadi va Kaliforniyaning mustaqillik istagini aks ettiradi.
Biroq, bu natijalar yuridik jihatdan majburiy boʻlmaydi va federal hukumatga taʻʻsir koʻrsatmaydi. AQSh qonunchiligida shtatlarning ajralib chiqish mexanizmi mavjud emas. Oliy sud 1869 yilda shtatlarning AQShdan chiqishi imkonsizligini eʻʻlon qilgan.
Calexit harakati ilk marta 2016 yilda Donald Trampning prezident boʻlishidan soʻng kuchaygan edi. Kaliforniya anʻʻanaviy «demokratik» shtat sifatida 2020 yilda ham Demokratik partiya nomzodi Kamala Harris va Jo Baydenni qoʻllab-quvvatlagan edi.













