Hindiston kuch ishlatar tuzilmalari Kashmirda keng koʻlamli tintuvlar oʻtkazib, islomiy adabiyot, jumladan, Qurъon va hadis toʻplamlarini musodara qilmoqda. Bu harakat mahalliy aholining noroziligiga sabab boʻlib, xalqaro inson huquqlari tashkilotlari tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.  

Hindiston hukumati bu choralarni ekstremizmga qarshi kurash deb baholasa-da, Amnesty International va Human Rights Watch kabi tashkilotlar buni musulmon aholining din erkinligini cheklash sifatida baholamoqda.  

Mahalliy aholi bu harakatlarni Kashmirning diniy va madaniy oʻzligini yoʻq qilish, musulmonlarning hayoti ustidan kuchli nazorat oʻrnatish va ularni oʻz dinidan uzoqlashtirishga qaratilgan deb hisoblamoqda. 

Ular Hindiston hukumati qabul qilayotgan choralar - musulmonlarga bosim oʻtkazish, diniy marosimlarni cheklash va ulamolarni hibsga olish - bu maqsadga yoʻnaltirilganini taъkidlashmoqda.  

Oxirgi yillarda Hindiston Kashmirda musulmonlarga nisbatan tazyiqni kuchaytirdi. 2019 yilda 370-modda bekor qilinib, Kashmirning avtonomiyasi tugatilgandan soʻng, zoʻravonlik, tsenzura va bosim yanada kuchaydi. Diniy kitoblarni musodara qilish esa shu siyosatning yangi bosqichi sifatida baholanmoqda.

Mavzuga aloqador