Ukrainaning Favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat xizmati bergan rasmiy maъlumotga koʻra, Rossiya tomonidan Kievga yoʻnaltirilgan raketa va dronlar bilan amalga oshirilgan tungi hujum natijasida, soʻnggi maъlumotlarga koʻra, kamida toʻqqiz kishi halok boʻlgan.


Rasmiylarning maъlum qilishicha, hujum oqibatida 63 nafar fuqaro jarohat olgan, 42 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ularning orasida oltita bola ham bor.


Hozirda qutqaruvchilar vayron boʻlgan turarjoy binolari ostida qolgan odamlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.


Manbaga koʻra, hujum oqibatida avtoturargohlar, baъzi maъmuriy va noturar joylarda yongʻinlar yuzaga kelgan. Avtomobillar ham yonib ketgan.


“Poytaxtning besh tumanida tungi hujum oqibatlarini bartaraf etish ishlari hozir ham davom etmoqda”, deyiladi Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati tomonidan eъlon qilingan rasmiy bayonotda.

Mavzuga aloqador