Kobul va Damashq munosabatlarni rivojlantirishga kelishib oldi
Afgʻoniston hukumati Suriyaning yangi rahbariyati bilan diplomatik aloqalarni rivojlantirish niyatida.
Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy va Suriya muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Asad Hasan ash-Shayboniy oʻrtasidagi telefon muloqotida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda delegatsiyalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Muttaqiy suriyalik hamkasbini “soʻnggi yutuqlari” bilan tabriklab, Damashq bilan diplomatik aloqalarni kuchaytirishga tayyorligini bildirgan. Ash-Shayboniy esa oliy darajadagi tashriflar orqali hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini taʻʻkidladi.













