Kolumbiya universiteti Falastinga ozodlik istagan talabalarni oʻqishdan chetlatdi
AQShning Kolumbiya universiteti oʻtgan yili Falastinni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan norozilik aktsiyasida ishtirok etgan bir necha talabani oʻqishdan chetlatdi.
Yodingizda boʻlsa, 2024 yilning oktyabrь oyida bir guruh talabalar universitetdagi tarixiy Hamilton-hollda toʻplanib, muassasaning Isroil bilan aloqalarini tanqid qilgan va rahbariyatdan ushbu masalalardagi pozitsiyasini oʻzgartirishni talab qilishgan.
Ushbu voqealardan toʻrt oy oʻtib, Kolumbiya universiteti prezidenti Minush Shafik oʻz lavozimidan isteъfoga chiqdi. Bu qaror Gʻazo urushi tufayli universitetda boshlangan norozilik namoyishlari ortidan qabul qilingan.
Bugunga kelib, yangi rahbariyat ham mazkur masala yuzasidan eski pozitsiyasini saqlab qolgan. Buni talabalarga nisbatan qoʻllanilayotgan keskin jazo choralaridan ham koʻrish mumkin.
Hozirda baъzi talabalar oʻqishdan chetlatilgan boʻlsa, boshqalarning diplomlari vaqtincha bekor qilingan. Universitetning intizomiy kengashi talabalarni elektron pochta orqali qoʻllanilgan jazo choralari haqida xabardor qilgan. Sanktsiya qoʻllangan talabalar soni aniq ochiqlanmagan.













