Kuba prezidenti isroilning Gʻazo sektoriga qaratilgan hujumlarini qoraladi
Isroil AQShning qoʻllab-quvvatlashi ostida Gʻazo sektoridagi falastinliklarni yoʻq qilishga urinishini davom ettirmoqda. Bu haqda Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Kuba etakchisi ushbu bayonoti bilan birga Gʻazoni tark etishga majbur boʻlgan mahalliy aholi suratlarini ham eъlon qildi. Uning taъkidlashicha, isroil AQShning toʻliq roziligi bilan falastinliklarni ommaviy qirgʻin qilishda davom etmoqda va bu jarayonda xalqaro gumanitar huquq qoidalarini buzib, kasalxonalar, qochqinlar lagerlari hamda BMT obektlariga zarba bermoqda.
Dias-Kanel 19 mart kuni, isroil kelishuvlarni buzgan holda Gʻazoga keng koʻlamli hujumlar uyushtirganda ham AQShni tanqid ostiga olgan edi.
“AQSh hukumati toʻliq qoʻllab-quvvatlagan holda Isroil Gʻazoni bombardimon qilishni qayta boshladi. Ularning maqsadi – falastin xalqini har qanday yoʻl bilan, tobora oshib borayotgan shafqatsizlik bilan yoʻq qilish. Bu genotsid jazolanishsiz qolmasligi kerak”, deb yozgan edi u.












