Litva Bosh vaziri Gintautas Palutskas mamlakat migratsiya siyosatini qayta koʻrib chiqishini maъlum qildi. 


U ishchi kuchini madaniy jihatdan yaqinroq davlatlardan jalb etish ustuvorligini taъkidlagan.


Vazirning soʻzlariga koʻra, ayrim mamlakatlardan kelganlar radikallashuvga moyil. Shu bois kelgusida Markaziy Osiyodan kelayotgan migrantlar soni qisqarishi mumkin.


Oʻzbekiston Markaziy banki tahliliga koʻra, soʻnggi yillarda oʻzbekistonlik migrantlar ishlash uchun Evropa Ittifoqi mamlakatlariga avvalgiga qaraganda koʻproq bormoqda. Jumladan, Polьsha, Litva, Germaniya va Latviyaga ishga joylashish maqsadidagi safarlar soni ortgan.


Mavzuga aloqador