Liviya muftiysi Sodiq al-Gʻiryoniy musulmonlarni dam olish uchun arab davlatlariga kelayotgan isroilliklarni, qaerda uchratmasin jazolashga chaqirdi. 


Uning taъkidlashicha, Islom mamlakatlari — Misr, Marokash, BAA yahudiylarning Fisih bayrami davomida, sionistlarni qabul qilishda davom etmoqda.


Aynan shu kunlarda koʻplab isroil harbiylariga taъtil berilgan.


 Ular esa, bu vaqtda hech qanday toʻsiqlarsiz Taba chegara punkti orqali Misrga kirib kelib, Sinay yarim oroli va Sharm ash-Shayxdagi hashamatli mehmonxonalarda bayram qilyapti.


Marokash va boshqa arab mamlakatlari ham ayni dam ular uchun oʻz eshiklarini lang ochgan.


Muftiy bu “sayyohlar”ni oddiy fuqarolar emas, balki vaqtincha oʻz harbiy bazalarini tark etgan qotillar deb atagan. 


“Ularning qoʻllari musulmon birodarlarimizning qoni bilan bulgʻangan. 


Shuning uchun, ularni mehmon qilmaslik, jazolash va hatto qatl etish bizning burchimizdir”, degan u oʻz murojaatida.

Mavzuga aloqador