Makron Netanyaxuni Gʻazodagi qirgʻinni toʻxtatishga chaqirdi
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Gʻazo sektoridagi tinch aholining azob-uqubatlari darhol toʻxtatilishi lozimligini taъkidladi. Bu haqda u isroil bosh vaziri Netanyaxu bilan telefon orqali muloqotida aytib oʻtdi.
Shunga qaramay, Makron X ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida Frantsiya isroil xavfsizligi va uning fuqarolari manfaatlarini qoʻllab-quvvatlashda davom etishini maъlum qildi. Unga koʻra, HAMAS qurolsizlantirilib, barcha asirlar ozod qilinishi kerak.
“Men shaxsan Misrning El-Ariş shahrida guvoh boʻldim – yordam chegaraning narigi tomonida toʻxtab qolmoqda. Bu yordam imkon qadar tinch aholiga etib borishi muhim. Gʻazodagi aholining azoblari tugashi kerak”, degan Makron.












