Chorshanba kuni Kuala-Lumpur sudi isroillikni qurol saqlash va kontrabandada ayblanib, etti yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda Reuters. 

39 yoshli Isroil fuqarosi Shalom Avitan oltita oʻqotar qurol va oʻq-dorilarni saqlashda aybdor deb topildi. Keyinchalik u Malayziyaga noqonuniy qurol olib oʻtishda ham aybdor deb topildi. Avitanning sheriklari sifatida uning jinoiy biznesini amalga oshirishga yordam bergan malayziyalik turmush qurgan juftlik aniqlangan. 

Maъlumot uchun, Isroil va Malayziya diplomatik aloqalarga ega emas. Malayziya rasmiylari Avitan uyushgan jinoiy guruh aъzosi yoki josuslik bilan shugʻullangan boʻlishi mumkin, deb gumon qilmoqda.  

U mamlakatga 2024 yil 12 mart kuni BAAdan Frantsiya pasporti bilan kelgan. 27 mart kuni qoʻlida qurol solingan sumka bilan mehmonxonada politsiya tomonidan ushlangan. Hibsga olinganida Avitan Isroil pasportini koʻrsatgan.  

Chorshanba kuni Kuala-Lumpurdagi sud Avitanni aybdor deb topdi va uni hibsga olingan kundan boshlab etti yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Advokat Naran Singxning soʻzlariga koʻra, ayblanuvchi jazoni Malayziya poytaxti chekkasidagi Kajang qamoqxonasida oʻtaydi.

Mavzuga aloqador