Markaziy Osiyo davlatlari Xitoyning havo hujumidan himoya tizimlariga qiziqish bildirmoqda
Tojikiston rasmiylari Xitoydan HQ-17AE zamonaviy zenit-raketasini qabul qilib olganini eъlon qildi. Bu tizim past va oʻrta balandlikdagi havo hujumlariga qarshi samarali himoyani taъminlaydi. Tojikiston ushbu yangi havo himoya tizimini ilk bor Qurolli kuchlarining 32 yilligiga bagʻishlangan harbiy paradda namoyish qildi. Tadbirda toʻrtta jangovar mashina va ikki transport-yuklash mashinasi koʻrsatildi, bu esa Tojikiston va Xitoy oʻrtasidagi harbiy hamkorlikning mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari Xitoyning mudofaa sanoati mahsulotlariga qiziqishni oshirmoqda. Oʻzbekiston ham Xitoydan FM-90 va KS-1C havo himoya tizimlarini sotib olganini maъlum qilgan. FM-90 raketa tizimi mobilligi va yuqori aniqligi bilan ajralib turadi, KS-1C esa oʻrta masofadagi raketa hujumlariga qarshi himoyani taъminlaydi.
Ekspertlarning taъkidlashicha, mintaqadagi davlatlar mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida anъanaviy hamkorlar bilan birga Xitoy harbiy texnikasiga ham eъtibor qarata boshlamoqda. Bu jarayon global geosiyosiy oʻzgarishlar va harbiy texnologiyalar bozoridagi raqobat bilan bogʻliq ekani aytilmoqda.













